Xitoydan tovar buyurtma qilsa, bojxonadan o‘tkaziladimi?

Jamiyat

image

Xitoy koronavirusni yengib, normal hayot tarziga qayta boshladi. Shunday vaziyatda o‘zbekistonliklarda Chin yurtidan tovar byurtma qilish uchun o‘rnatilgan bekor qilinadimi degan savol paydo bo‘ldi.

Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonov ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

“Jahon miqyosida tarqalish geografiyasi tobora kengayib borayotgan koronavirus infeksiyasini respublikamizga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yilning 1 fevral kunidan boshlab, Xitoy Xalq Respublikasidan kirib keluvchi barcha turdagi pochta va kur’erlik jo‘natmalarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Biroq, 2020 yil 27 fevral kunidan boshlab Xitoy Xalq Respublikasidan faqatgina “O‘zbekiston pochtasi” AJ orqali kirib kelayotgan jo‘natmalarni qabul qilishga ruxsat etilgan”, dedi Farhod Olimjonov.

Avvalroq, “O‘zbekiston pochtasi” qator davlatlaga xalqaro aviapochta jo‘natmalarini qayta yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona jo'natma

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing