Xitoydan ananas va mandarin importiga 5 fevralgacha ruxsat berildi
Olam
−
10:06 1686 1 daqiqa
Avvalroq, Xitoydan import bo‘lgan mandarin va ananas partiyalarida 3 turdagi karantin ahamiyatiga ega organizmlar aniqlanganligi sababli import karantin ruxsatnomasi rasmiylashtirilishi to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. 5 fevralga qadar Xitoy karantin xizmati tomonidan mandarin va ananas uchun taqdim etilgan fitosanitar sertifikatlar asosidagi yuklarni olib kirishga ruxsat etiladi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, barcha yuklardan tegishli tartibda namunalar olinib, fitosanitar talablarga muvofiqligi nazoratdan o‘tkaziladi.
Agentlikka ko‘ra, Xitoy tomoni bilan fitosanitariya talablariga muvofiq mahsulotlar importini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 2026 yil uchun O‘zbekiston fitosanitariya talablariga muvofiq Xitoy hududidagi bog‘lar va qadoqlash korxonalarining yangi reyestri shakllantiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda uchinchi mamlakatlardan hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan tuxum olib kirishga vaqtincha taqiq joriy qilingandi.
Live
Barchasi