Xitoydagi qabrdan 3600 yillik pishloq topildi
Olam
−
28 Sentabr
4281Xitoyning Shinjon shahridagi Syaoxe qabristonida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalarda topilgan tobut ichidan chiqqan zargarlik buyumi deyilgan noyob topilma pishloq bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Qabristonda 2003 yilda olib borilgan qazishmalar paytida 3600-yillik tobut ochib ko‘rilgan edi. 21-yil o‘tgach, tadqiqotchi guruh tobut ichidan olingan detal kefir pishloqi degan xulosaga keldi.
Pekindagi Xitoy Fanlar Akademiyasining paleogenetik mutaxassisi Qiaomei Fu oddiy pishloq yumshoq bo‘lishidan kelib chiqilsa, hozir topilgan buyumning pishloq yoki qandaydir taom masallig‘i ekanini faraz qilish g‘alati tuyulishini bildirdi.
“Biz topgan narsa haqiqatan ham quruq, zich va qattiq shaklda. U yillar davomida chang bilan shu ko‘rinishga kelgan”, deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayolning tobuti eksgumatsiya qilinganida, “Tarim havzasi” cho‘lining quruq iqlimi tufayli u yaxshi saqlanib qolgan.
Pishloq ishlab chiqarish tarixda uzoq vaqtdan beri borligi tasvirlangan bo‘lsa-da, tadqiqotchilar “Cell” jurnalida chop etilgan maqolada “fermentlangan sut mahsulotlari tarixi asosan antik davrda yo‘qolgani”ni yozgan.
“Bu 3600-yillik kefir pishloq namunalari 3000-yildan ortiq saqlanib qolgan va bronza davridagi Xiaohe aholisi tomonidan ishlab chiqarilgan bir necha sut qoldiqlari qatoriga kiradi”, deydi olimlar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanida qadimiy So‘g‘d madaniyatiga oid ibodatxona va noyob devoriy suratlar topilgandi. Ibodatxona devorlarining saqlanib qolgan balandligi 3 metrni tashkil etadi va unda 5 ta eshik mavjud. Devorlarda yuzi ovalsimon va quloqlari zebu-ziynatlarga boy ma’budaning tasvirlari saqlanib qolgan. Bu tasvirlarda qanotli, ustki qubbasi yarim oy shaklida bo‘lgan toj ham ko‘zga tashlanadi. Ibodatxona devorlaridagi surat parchalarida turli personaj tasvirlari ham uchraydi, bu esa ibodatxonada bir nechta iloh tasvirlanganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, ibodatxona devorlarida tokchalar ham mavjud bo‘lib, ulardan birining ichida loydan yasalgan haykalning qo‘l va oyoq qismlari topilgan. Arxeologlar bu ibodatxona VII-VIII asrlarda faoliyat ko‘rsatgan, lekin 712-yilda arablar Samarqandga yurish qilganida yoqib yuborilganini taxmin qilmoqda.
LiveBarchasi