Lukashenko tez orada Putin bilan uchrashishi va Xitoyga borishini ma’lum qildi
Olam
−
23 dekabr
1061Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko tez orada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi va Xitoyga borishini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 23 dekabr kuni mashinasozlikni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi.
“Bir necha kundan keyin biz Vladimir Vladimirovich Putin bilan uchrashamiz. Va agar bizning darajamizda biron bir masalani muhokama qilish zarurati tug‘ilsa, biz ularni muhokama qilamiz”, dedi Lukashenko.
Shuningdek, Lukashenko 2025 yil ma’lum sabablarga ko‘ra qiyin bo‘lishini ta’kidladi.
“Biz muvaffaqiyatli ishlagan an’anaviy bozorlarimizni kengaytirishimiz kerak. Shuning uchun (o‘tgan haftada) Ummon va Amirliklarga tashriflar bo‘ldi. Tez orada Xitoyga va hokazolarga bo‘ladi. Bu bizning bozorlarimizni diversifikatsiya qilishdir”, deydi Lukashenko.
Ma’lumot uchun, dekabr oyining so‘nggi o‘n kunligida Sankt-Peterburgda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi va MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Lukashenko Putin bilan mazkur sammit doirasida uchrashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Lukashenko oxirgi marta Xitoyga o‘tgan yilning dekabr oyida borgandi. O‘shanda u Dyaoyuytay hukumati qarorgohida XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.
LiveBarchasi