Xitoyda mashinasini o‘quvchilar ustiga haydagan haydovchi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Olam

image

Xitoy sudi Chande shahrida mashinani olomon ustiga haydagan haydovchini shartli o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi CCTV xabar berdi. 

Joriy yilning 19 noyabr kuni haydovchi Xuan Ven Chande shahrining Dingchen tumanidagi boshlang‘ich maktabga kiraverishda mashinasini o‘quvchilar ustiga haydashi oqibatida 18 nafar maktab o‘quvchisi jarohatlangandi. Ushbu haydovchiga sud hukmi o‘qildi.

"2024 yil 23 dekabrda Chande shahrining O‘rta xalq sudi Xuan Venning ishini ochiq ko‘rib chiqdi. Ayblanuvchi jamiyatga xavf tug‘dirish jinoyati uchun ikki yil shartli qamoq va siyosiy huquqlardan mahrum qilish bilan o‘lim jazosiga hukm qilindi”, deyiladi sud qarorida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Saksoniya-Angalt federal yeri poytaxti Magdeburg shahrining markazida joylashgan Rojdestvo yarmarkasida BMW katta tezlikda olomonni bosib ketgandi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. 60 dan ortiq odam jarohatlangan. Undan oldin esa Xitoy janubidagi Chjuxay shahrida erkak mashinasini qasddan bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘lib, 43 kishi og‘ir yaralangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy o'lim jazosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing