Xitoyda qiyin vaziyatda qolgan xotin-qizlar O‘zbekistonga qaytarildi

Olam

image

Xitoy poytaxti Pekin shahridagi O‘zbekiston elchixonasi diplomatlarining Xitoy tomoni bilan olib borgan muzokaralari natijasida XXRda vaqtincha istiqomat qilishi davomida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan 11 nafar xotin-qizlar O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolarga elchixona tomonidan konsullik–huquqiy yordam ko‘rsatilib, ularning barchasi Xitoy tomoni va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Pekindagi vakolatxonasi bilan muvofiqlashtirilgan holda “Pekin–Toshkent” yo‘nalishida 22 dekabr kuni O‘zbekistonga yetib kelgan.

“Xitoyning sohaga aloqador vazirlik va idoralari bilan yaqin ishchi hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, bundan keyin ham ushbu mamlakatda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qoladigan vatandoshlarga sifatli huquqiy yordam va tezkor konsullik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing