Xitoyda onlayn viktorinada g‘olib bo‘lish uchun 400 ta telefondan foydalangan erkak hibsga olindi
Olam
−
09:31
2939Xitoyda onlayn viktorinada g‘alaba qozonish maqsadida 400 ta telefon ishlatgan erkak hibsga olindi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.
Ma ismli ushbu erkak strimerlarning onlayn translyatsiyalarini, birinchi navbatda, sovrinli o‘yinlar uchun juda yaxshi ko‘rardi. Buning evaziga u yaxshi daromadga ega bo‘lgan: qimmatbaho sovg‘alar, iPhone va kompyuter uskunalarini yutib olgan va keyinchalik ularni qayta sotgan. Erkak kundalik ehtiyojlar va iPhone kabi narsalarni yutib, qayta sotishdan oyiga 1400 dan 2800 AQSH dollarigacha daromad qilgan.
Imkoniyatini oshirish uchun Ma 400 dan ortiq telefonlardan foydalangan – u har bir qurilmadan tizimga kirgan va “omadli sumkalar” deb ataladigan o‘yinda ishtirok etishini tasdiqlagan.
Yo‘ldan o‘tayotgan keksa kishi Maning garajidagi g‘ayrioddiy harakatni payqab, bu firibgarlik operatsiyasi deb gumon qilib, politsiyaga xabar bergan.
Erkak hibsga olingan va shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy tarqatishda ayblangan. Negaki u barcha akkauntlarni tasodifiy odamlarga ro‘yxatga olgan. Endi uni jarima va uch yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.
LiveBarchasi