Xitoydagi asosiy iPhone zavodini suv bosdi

Olam

image
Xitoyda toshqin qurbonlari soni ortdi north_east

Xitoyda toshqin qurbonlari soni ortdi

Xitoyning markaziy qismidagi jiddiy toshqin Xenan provinsiyasining Chjenchjou shahrida joylashgan iPhone smartfonlarini ishlab chiqarish zavodiga ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar bergan. 

Korxona tabiiy ofatdan jiddiy jabr ko‘rgan — elektr energiyasining uzilishi qayd etilgan, suvning bir qismi zavod hududiga kirgan. 

Qayd etilishicha, ishlashni davom ettirishning iloji yo‘qligi sababli ko‘plab ishchilarga fabrikadan chiqib ketishga ruxsat berilgan. Zavod Tayvanning Foxconn kompaniyasiga tegishli. Aytilishicha, toshqin paytida tabiiy ofatni oldini olish uchun favqulodda vaziyat rejasi tuzilgan. 

Vakilga ko‘ra, voqea ish jarayoniga va kelajakdagi yetkazib berishlarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Foxconn XXRda uchta zavodga ega bo‘lib, ko‘plab ishchilar ushbu korxonalar hududidagi yotoqxonalarda yashaydi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Foxconn dunyoda ishlab chiqariladigan iPhone’larning yarmidan ko‘pi uchun javobgardir. 

Nashrning ta’kidlashicha, toshqin taqdimoti joriy yil sentyabrga belgilangan yangi smartfonlarning chiqarilishiga ta’sir qilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘irlar natijasida Xenan provinsiyasida toshqinlar boshlandi. Chjenchjoudagi suv omborlaridan biridagi to‘g‘onning yorilishi tufayli viloyat hokimiyati favqulodda vaziyatlarning yuqori darajadagi choralarini amalga oshira boshladi. Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi milliy xavf darajasini uchinchi darajadan ikkinchisiga ko‘tardi. 

Hozirda Xenan provinsiyasida toshqin qurbonlari soni 33 kishiga yetgan, 256 mingdan ortiq odam xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan va 3 milliondan ortiq odam hamon tabiiy ofat zonasida qolmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy toshqin

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing