Xitoyda yangi virus turidan ilk o‘lim holati qayd etildi
Olam
−
12 aprel 2023
10805Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) H3N8 parranda grippi tashxisi musbat bo‘lgan xitoylik ayol vafot etganini ma’lum qildi. Mazkur o‘lim virusning ushbu kichik turidan qayd etilgan birinchi holatdir. Bu haqda “BNO news” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu yilning 26 mart kuni Guandun provinsiyasi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazida Chjungshan shahrida yashaydigan 56 yoshli ayolning mazkur grippni yuqtirgani tasdiqlangan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bemor og‘ir pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizilgan, unda bir qator surunkali kasalliklar ham bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, H3N8 parranda grippi birinchi marta 2022 yil aprel oyida Xitoyda yosh bolada aniqlangan. Bola yashaydigan xonadondagi barcha uy hayvonlarida ham kasallanish holati qayd etilgan. O‘tgan yilning may oyida esa yana bir bola ushbu grippni yuqtirgani ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Ekvatorial Gvineyada marburg virusidan kasallanishning 4 ta holati aniqlangan edi. Olimlar uni 2014 yilgi ebola virusi kabi xalqaro epidemiyaga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
LiveBarchasi