Xitoyda o‘qituvchi o‘quvchini noto‘g‘ri javob uchun o‘lasi qilib kaltakladi
Olam
−
19 Sentabr 2020
9817Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi maktabda o‘qituvchi 10 yoshli o‘quvchi qizni savolga noto‘g‘ri javob bergani uchun o‘lasi qilib kaltakladi. Qizaloq vafot etdi.
Hodisa 10 sentyabrda Xitoyda o‘qituvchilar kuni nishonlanadigan kunda Guan’yuan shahrida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni qiz maktabga o‘qituvchilarini tabriklash uchun gullar ko‘tarib kelgan.
Matematika o‘qituvchisi o‘quvchi ikkita savolga noto‘g‘ri javob bergani uchun uni cho‘kkalatib, qulog‘idan tortib irg‘ita boshlagan va boshiga urgan. U bilan bir sinfda o‘quvchi egizak singlisining so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchi jazolangandan keyin o‘rnidan ko‘tarila olmagan. U sinfdoshlari yordamida o‘z o‘rniga o‘tirib olgan.
Oradan deyarli 3 soat o‘tib, o‘qituvchi o‘quvchi qizning buvisiga telefon qilib, uni olib ketishni, chunki uning ahvoli og‘ir ekanini aytgan. Buvisi maktabga kelib, nabirasi gapira olmayotgani va ko‘zlarini ocholmayotganini ko‘rgan. Uni shifoxonaga olib borishgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay qizaloq vafot etgan.
Qizning buvisining so‘zlariga ko‘ra, u o‘sha matematika o‘qituvchining darsiga borishdan qo‘rqqan. Chunki u ko‘p hollarda jazolash uchun o‘quvchilarga jismoniy jarohat yetkazgan.
LiveBarchasi