Xitoyda uchar avtomobillar zavodi qurilishi boshlandi

Olam

image

Xitoyning Guanchjou shahrida aqlli uchar avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Qayd etilishicha, qurilish Xpeng kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi va loyiha maydoni 180 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Zavodda “Quruqlik aviatashuvchisi” uchar avtomobili uchun havo moduli ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming donani tashkil etishi taxmin qilinmoqda. 

Xpeng asoschisining ta’kidlashicha, avtomobil joriy yilning sentyabr oyida ilk parvozini amalga oshirgan. Uchar avtomobilning oldindan sotuvi esa 2024 yil oxirida boshlanadi.  

Xpeng P7+ modelli avtomobil ilk bor joriy yil oktyabr oyi boshida Xitoydagi dilerda paydo bo‘lgan. Avtokonsernning rasmiy bayonotiga ko‘ra, Xpeng P7+ dunyodagi ilk sun’iy intellektga ega avtomobil bo‘ladi. U yangi avlod Xpeng avtomatik boshqaruv apparat platformasi bilan jihozlangan. Avtomobil 245 va 313 ot kuchiga ega ikki xil kuch variantlarda taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dubay transport va yo‘llar boshqarmasi transport texnologiyalari departamenti direktori Xolid Al-Avadiy 2026 yilning birinchi choragida Dubayda havo taksilari faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy uchar avtomobil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing