Xitoyda temiryo‘l qurilishi paytidagi mudhish voqeada 13 ishchi bedarak yo‘qoldi

Olam

image

Xitoyning janubidagi Guandun provinsiyasida joriy yilning 4 dekabrga o‘tar kechasi temiryo‘l qurilish maydonchasida tuproq qulashi oqibatida 13 nafar ishchi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, 13 nafar ishchi qulash zonasida qolib ketgan va ular bilan aloqa uzilgan.

Baoan okrugi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, qulash “Shenchjen-Szyanmin” temiryo‘lining 5-sonli qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Tinch va Atlantika okeanlari o‘rtasida temiryo‘l barpo etish loyihasida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchiligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy tuproq temiryo'l Guandun provintsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing