Xitoyda poyezd 9 nafar temir yo‘l ishchisini urib yubordi
Olam
−
04 iyun 2021 5069 1 daqiqa
Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatining ma’muriy markazi — Urumchi shahridan Xanchjouga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi temir yo‘l ishchilarini katta tezlikda urib yubordi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesiga tayanib xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, voqea natijasida jami to‘qqiz kishi vafot etgan. Hodisa Gansu provinsiyasining Szinchan okrugidagi yo‘lda sodir bo‘lgan. Fojianing boshqa tafsilotlari hali taqdim etilmagan.
Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari hodisaning sabablari va holatlarini o‘rganmoqda, qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi