Xitoyda pandemiya tarixidagi antirekord qayd etildi
Olam
−
11 aprel 2022
11294Xitoy hukumati o‘tgan sutka davomida 27 595 ta yangi koronavirus infeksiyasini qayd etdi va bu pandemiya boshidan beri kuzatilgan yangi antirekordga aylandi. Xitoy Xalq Respublikasi Gigiyena va salomatlik davlat qo‘mitasining bugun, 11 aprel kuni e’lon qilingan ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.
Bu ko‘rsatkich avvalgi kunga nisbatan 15,3 foizga yuqori bo‘lib, roppa-rosa bir hafta oldin qayd etilgan infeksiya o‘sish dinamikasidan ikki baravar yuqori bo‘ldi. Departamentning bayonotida aytilishicha, yakshanba kuni aniqlangan bemorlar orasida isitma, yo‘tal va darmonsizlik faqat 1184 kishida topilgan, qolgan 26 411 nafari asemptomatik tashuvchilardir. COVID-19 bilan kasallangan ushbu shaxslardan faqat 86 nafari xorijdan kelgan.
Xitoyda davolanayotgan kasallanganlar soni 242,2 ming kishidan oshdi, bu 4 apreldagiga nisbatan 2,2 barobar ko‘pdir.
Xitoyda shifokorlar nazorati ostida asemptomatik tashuvchilar soni tez sur’atlar bilan o‘sishda davom etmoqda, bir hafta ichida u 2,63 barobarga oshib, 219,8 ming kishini tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakat tibbiyot muassasalarida kasallik belgilari bilan kasallanganlar soni kamayib bormoqda (shu davrga nisbatan qariyb 13 foizga, 22,3 ming kishiga kamaygan). Mamlakat hududlari orasida koronavirusning eng kuchli epidemiyasi Shanxayda qayd etilgan bo‘lib, hali sog‘aymagan bemorlarning 80 foizga yaqini shu shaharga to‘g‘ri keladi.
Hozirda Xitoyda davolanayotganlarning 99 foizdan ortig‘i virusni mamlakatda yuqtirgan, 1 foizdan kamrog‘i esa chet eldan kelgan. Rasmiy ravishda pandemiya boshlanganidan beri Xitoyning materik hududida asemptomatik tashuvchilarni hisobga olmaganda 165,5 ming kishi kasallangan. Hokimiyat yakuniy statistikaga asemptomatik odamlarni kiritmagan. Bugungacha mamlakatda koviddan 4,638 o‘lim qayd etilgan.
Mamlakatda epidemik vaziyat jiddiyligicha qolmoqda. Biroq, yuqori xavfli zonalar soni barqaror ravishda kamayishda davom etmoqda: o‘tgan haftaga nisbatan 36 frizga yoki 261 taga kamaygan. O‘tgan oyda mahalliy kasallanishlar Xitoyning 31 ma’muriy bo‘linmasidan 30 tasida viloyat, markaziy shahar yoki avtonom viloyat darajasida aniqlangan.
LiveBarchasi