Xitoyda mashinasida olomonni bosib ketgan erkak qatl qilindi

Olam

image

Bugun, 20 yanvar kuni Xitoy sudi 2024 yil noyabrida Chjuxay shahrida bir guruh odamlarni bosib o‘tgan shaxsga nisbatan o‘lim hukmini chiqardi. Bu haqda “Sinchew” xabar berdi.

11 noyabr kuni haydovchi shahar sport markazida mashq qilayotgan odamlarga borib urilgandi. Ushbu hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgandi va 43 kishi yaralangandi. Ta’kidlanishicha, erkak xotini bilan ajrashganligi va mulkni taqsimlash bilan bog‘liq muammolar tufayli “g‘azabini chiqarish” uchun odamlarga hujum qilishga qaror qilgan.

Jinoyat bo‘yicha o‘lim hukmi 20 yanvar kuni Oliy xalq sudi qaroriga muvofiq amalga oshirilgan.

“Guandun provinsiyasidagi Chjuxay oraliq xalq sudi 20 yanvar kuni Fan Veysyuga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy sudi Chande shahrida mashinani olomon ustiga haydagan haydovchini shartli o‘lim jazosiga hukm qilgandi. O‘tgan yilning 19 noyabr kuni haydovchi Xuan Ven Chande shahrining Dingchen tumanidagi boshlang‘ich maktabga kiraverishda mashinasini o‘quvchilar ustiga haydashi oqibatida 18 nafar maktab o‘quvchisi jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Chjuxay o'lim hukmi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing