Xitoyda mashina olomonni bosib ketdi. 35 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
12 noyabr
8972Xitoy janubidagi Chjuxay shahrida erkak mashinasini qasddan bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi, 43 kishi og‘ir yaralandi. Bu haqda bugun, 12 noyabr kuni mahalliy politsiyaga tayanib, “South China Morning Post” xabar berdi.
Hodisa 11 noyabr kuni sport markazi yaqinida sodir bo‘lgan. Mashinani 62 yoshli erkak boshqargan. U qochishga urinayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Hozirda u o‘ziga yetkazilgan jarohatlar tufayli koma holatida shifoxonaga yotqizilgan.
Nashrning aniqlik kiritishicha, erkak o‘z joniga qasd qilishga uringan.
BBC xabariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak ajrashgandan keyin mulkiy mojaro natijalaridan norozi bo‘lgani uchun odamlar olomoniga mashinasida bostirib borgan.
Guvohning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda bir necha guruh odamlar sport saroyi hududida to‘planib, u yerda sayr qilayotgan bo‘lgan. Qurbonlar orasida keksalar, o‘smirlar va bolalar ko‘p bo‘lgan.
LiveBarchasi