Xitoyda bolalarni o‘g‘irlab, sotgan ayol o‘lim jazosiga hukm qilindi

Olam

image

Xitoy janubidagi Guychjou provinsiyasida sud 17 nafar bolani o‘g‘irlab, sotgan ayolni o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Shanghai Eye” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yu Xuaying 2004 yilda Yunnan viloyatida bolalarni o‘g‘irlagani uchun jamoat xavfsizlik organlari tomonidan qo‘lga olingan. O‘sha paytda u soxta shaxs niqobidan foydalangan va o‘z jinoyatlarini tan olmagan. Shundan so‘ng, ayol 8 yilga qamalgan. 2022 yil iyun oyida Xuaying jamoat xavfsizligi organlari tomonidan yana hibsga olingach, bu safar u jinoyat faktlarini ixtiyoriy ravishda tan olmagan va pushaymonlik belgilarini ko‘rsatmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil sentyabr oyida O‘rta xalq sudi dastlab Yu Xuayingni bolalar savdosi jinoyati uchun o‘lim jazosiga hukm qilgan. 2023 yil 28 noyabrda ish bo‘yicha ikkinchi instansiya ko‘rilgan va Guychjou provinsiyasi Oliy xalq sudi  tomonidan eshitilgan. 2024 yil 8 yanvarda Guychjou provinsiyasi Oliy xalq sudi Yu Xuaying ishi bo‘yicha ikkinchi instansiya hukmi chiqarib, ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yuborgan. Sud dastlabki hukmda Yu Xuaying tomonidan bolalar savdosi bilan bog‘liq boshqa jinoyat faktlari e’tibordan chetda qolganini va ba’zi faktlar aniq emasligini aniqlagan. 
 
Joriy yil 11 oktyabr kuni Yu Xuayingning bolalar savdosi ishi bo‘yicha qayta sud jarayoni bo‘lib o‘tgan. Unda Yu Xuaying sotib yuborgan bolalar sonini 11 emas 17 ta ekani ma’lum bo‘lgan. O‘rta darajadagi xalq sudi ayolni bolalarni o‘g‘irlash va sotishda aybdor deb topgan va o‘lim jazosiga hukm qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Markaziy banki raisining sobiq o‘rinbosari Fan Yifei pora olishda aybdor deb topilib, shartli o‘lim jazosiga hukm qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy o'lim jazosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing