Xitoyda bog‘cha bolalarini zaharlagan tarbiyachi oliy jazoga hukm qilindi

Olam

image

Xitoyda bolalar bog‘chasi tarbiyachisi 25 bola zaharlab, ularning birini o‘limiga sabab bo‘lgani uchun oliy jazoga hukm qilindi. Bu haqda BBC mahalliy nashrlarga tayanib xabar bermoqda.

O‘tgan yili Szyaotszuo shahridagi bolalar bog‘chasida tarbiyalanuvchilar ertalabki bo‘tqani yegandan keyin shifoxonaga olib borilgandi. Keyinroq esa ularning tarbiyachisi Van Yun hibsga olingan.

Sud Yun o‘z hamkasbidan o‘ch olish uchun uning qarovidagi bolalarning nonushtasiga nitrit natriy qo‘shib berganini ma’lum qilgan. Sud tarbiyachi ayolni razil va axloqsiz deb ta’riflagan.

Hodisa o‘tgan yilning 27 martida yuz bergan. O‘sha vatqda 23 nafar bolada nonushtadan keyin qusish va xushdan ketish boshlangan. Tarbiyachi bolalarni zaharlagani haqida ayblov qo‘yilgach, politsiya tekshiruv boshlagan.

Szyaotszuo mahalliy sudi kecha, 28 sentyabr kuni Van xonimni o‘lim jazosiga hukm qilgan. Sud aybdor boshqa bir tarbiyachi bilan bolalarni boshqarish masalasida bahslashib qolgach, uning o‘quvchilarini nitrit bilan zaharlagan.

Sud ayol birinchi odamlarni zaharlamayotganini ham aniqlagan. U avval ham internet orqali nitrit sotib olgan va erini zaharlagan.

Xitoyda har yili qancha odam o‘lim jazosiga hukm qilinishi ochiqlanmaydi. Ammo bu son bir necha mingni tashkil qilishi taxmin etladi. Xitoyda o‘lim jazosi maxsus preparat yuborish yoki otib tashlash orqali ijro etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy o'lim jazosi zaharlash

Baholaganlar

499

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing