Xitoyda bir oiladan 11 kishi o‘limga hukm qilindi
Olam
−
30 Sentabr 2025 41631 1 daqiqa
Xitoyning Venchjou shahridagi O‘rta xalq sudi jinoiy guruhning 11 nafar a’zosini o‘limga hukm qildi. Bu haqda AP News xabar berdi.
Guruh noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkil qilish va 1,4 milliard dollardan ortiq pul aylanmasi bilan bog‘liq firibgarlik operatsiyalarini uyushtirganlikda, shuningdek, talabni bajarishdan bosh tortgan xodimlarni o‘ldirishda ayblangan.
Yana besh nafar ayblanuvchiga ikki yillik muhlat bilan o‘lim jazosi berildi. Xitoy sud amaliyotida bunday shartli o‘lim jazosi ko‘pincha keyinchalik umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi. Yana 12 nafar ayblanuvchi besh yildan 24 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.
Min oilasi a’zolarini hibsga olish uchun orderlar Xitoy sudi tomonidan 2023 yilning noyabr oyida chiqarilgan. Ular Myanma bilan chegaradosh hududlarda qotillik va firibgarlik sxemalarini uyushtirganlikda gumon qilingan. Sindikatning jinoiy faoliyati oqibatida 14 nafar xodim halok bo‘lgan.
Ulardan o‘n nafari firibgarlik rejasida qatnashgan va qochishga urinayotganda yoki buyruqqa bo‘ysunmagani uchun halok bo‘lgan. Misol tariqasida 2023 yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan voqea keltirildi, unda ayblanuvchilar Xitoyga qaytib kelmaslik uchun firibgarlik markazlaridan birida odamlarga qarata o‘t ochgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Tan Jenszyan 29 sentyabr kuni pora olgani uchun ikki yillik muhlat bilan o‘lim jazosiga hukm qilingandi.
Live
Barchasi