Xitoyda 158 km magistral yo‘l dronlar yordamida qurildi

Olam

image

Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib to‘liq dronlar ishtirok etgan yo‘l qurilishini bitkazdi. Bu haqda “Highways Indastry” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 158 kilometr uzunlikdagi tezyurar avtomagistral yo‘l qurilishiga jami 10 ta haydovchisiz mashina va dronlar jalb etilgan. Bu yo‘l esa Pekin, Gonkong va Makao shaharlarini bog‘laydi.

Loyiha nafaqat intellektual infratuzilma sohasidagi sezilarli rivojlanishni ko‘rsatadi, balki sun’iy intellekt, dronlar va avtonom transport vositalarining ulkan imkoniyatlarini ham namoyon etadi.

Ushbu keng ko‘lamli loyiha jarayonida kengligi 20 metr bo‘lgan asfalt yotqizgich, 13 tonna keladigan oltita ikki barabanli katka va 30 tonna keladigan uchta rezina g‘ildirakli katkadan foydalanildgan.  Mashinalar ilg‘or algoritmlar bilan boshqarilib, ularning joylashuvi Beidou sun’iy yo‘ldosh tizimlari tomonidan 1 santimetr aniqlikda kuzatib borildi. Bularning barchasi yo‘lni yuqori sifatli va chidamli qilib qurishga yordam bergan.

Loyihaning eng diqqatga sazovor jihati SAP200C-10 asfalt yotqizish mashinasi bo‘ldi. U dunyoda birinchi bo‘lib bir o‘tishda 19,25 metr kenglikda asfalt yotqizishga muvaffaq bo‘lgan. Bu nafaqat qurilish jarayonini tezlashtirgan, balki choklar sonini kamaytirish orqali yo‘l qoplamasi silliqligi va yaxlitligini oshirgan.

Qurilish xavfsizligini ko‘plab avtomatlashtirilgan tizimlar nazorat qilib turgan. Har bir avtonom qurilma bir nechta himoya darajalarini — elektron to‘siqlar, favqulodda to‘xtatish tizimi va real vaqt rejimida to‘siqlarni aniqlash mexanizmlarini o‘z ichiga olgan. Qurilish maydonidagi to‘siqlar yoki atrofdagi kichik o‘zgarish ham zudlik bilan e’tiborga olingani natijasida xavfsizlik eng yuqori darajada ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Xitoy armiyasi qush shaklidagi razvedkachi dronni ixtiro qilgandi. Bundan oldin esa Xitoy kompaniyalari Rossiyaga jo‘natish uchun Eronda ishlab chiqariladigan Shahed modelidagi hujumchi dronlarni tayyorlab, ularni sinovdan o‘tkazgandi.

Jasmina Rasulova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

dronlar magistral' yo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing