Xitoyda 100 km masofadan ham inson yuzini ko‘ra oladigan kamera ixtiro qilindi

Texnologiya

image

Xitoy Fanlar akademiyasi olimlari 100 km uzoqlikdagi ob’ektlarni 1.7 mm aniqlikda ko‘ra oladigan yangi sun’iy yo‘ldosh kamerasini ixtiro qildi. Bu haqda “Tech Acute” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi kamera 1.7 mmgacha bo‘lgan mayda detallarni aniq ko‘ra oladi. Bu esa hozirgi an’anaviy kamera va teleskoplardan 100 barobar yaxshiroq natija beradi.

Kameraning asosiy jihatlaridan biri – optik diafragmaning 17.2 mm dan 68.8 mm gacha kengayishi. Bu 4×4 mikroob’ektiv massividan foydalanish hisobiga amalga oshirilgan. Yana bir muhim xususiyat – 10 GGsdan yuqori chastotali lazerlar orqali real vaqtda ma’lumotlarni qayta ishlash va ob’ektlarni kuzatish imkoniyati.

Texnologiya Sinxay ko‘lida sinovdan o‘tkazilgan. Olimlar 101.8 km masofada oynavand prizmalarni joylashtirib, kameraning aniqlik darajasini tekshirgan.

Yangi kamera turli sohalarda qo‘llanilishi mumkin. Xususan, tabiiy ofatlar va yong‘inlarni kuzatish, uzoq hududlarda yordam ko‘rsatish, kosmik tadqiqotlarni rivojlantirish kabi imkoniyatlarni yaratadi.

Biroq bunday yuqori aniqlikdagi kameralar shaxsiy hayot maxfiyligiga tahdid tug‘dirishi mumkin. Masofadan yuzlarni taniy olish funksiyasi turli bahslarga sabab bo‘lishi mumkin.

Olimlar bu texnologiya dunyoni kuzatish usulini o‘zgartirishi va yangi kashfiyotlarga yo‘l ochishini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning CRRC Corporation Limited korporatsiyasi dunyodagi eng tezkor poyezd bo‘lishga da’vogarlik qilayotgan CR450 prototipini sinovdan o‘tkazishni boshlagandi. Pekindagi eksperimental temiryo‘l halqasida yangi yuqori tezlikdagi elektr poyezdi CR450 ilk bor sinovdan o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing