Xitoy yoki Tayvan? Germaniya kimning tarafini oladi

Olam

image

Xitoy va Tayvan o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda Germaniya Tayvanni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan anjumanida Berlin rasmiysi Annalena Berbok ma’lum qildi, deya xabar berdi “Spiegel”.

“Biz kattaroq qo‘shni kichikroq qo‘shnisiga xalqaro huquqni buzgan holda hujum qiladigan vaziyatni qabul qilmaymiz. Va bu, albatta, Xitoyga ham tegishli”, degan Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Burbok.

Uning qayd etishicha, Berlin Tayvanni qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Osiyoga safari chog‘ida Xitoy o‘z hududi deb hisoblovchi Tayvanga ham borishi mumkinligi Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning yana keskinlashishiga sabab bo‘lyapti. Xitoy tomoni bunday harakatlardan tiyilishga chaqirib, ogohlantirish bilan chiqdi.

Pelosi Osiyo turnesi davomida Malayziya, Singapur, Koreya va Yaponiyaga borishi rejalashtirilgan. Safar aprel oyida amalga oshirilishi kerak edi. Biroq palata spikeri koronavirusga chalingach, safar kechiktirildi.

Xitoy Pelosining Tayvanga borishi munosabatlarga jiddiy putur yetkazishi haqida bir necha marta ogohlantirdi. Hatto uning samolyotini urib tushirishi mumkinligini ko‘rsatish uchun Tayvanga eng yaqin viloyatida haqiqiy o‘qlardan foydalangan holda mashg‘ulot boshladi. Hatto viloyatga havo hujumidan mudofaa tizimlari ham joylashtirildi.

Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi Gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragach, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlarini saqlab qolgan.

Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, ularni XXR bilan o‘rnatgan. Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda. 2020 yilda AQSHning avvalgi Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Gonkongdagi vaziyat tufayli Pekin bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida Tayvan bilan aloqa va almashinuvlarni sezilarli darajada faollashtirdi, bu esa XXR rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘ldi. 

AQSH Tayvanning asosiy qurol yetkazib beruvchisidir. Joriy yilning aprel oyida Davlat departamenti Patriot zenit-raketa tizimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 95 million dollarlik shartnomani ma’qulladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing