Xitoy vaksinasining uchinchi bosqich tekshiruvi Rossiyada o‘tkaziladi

Olam

image

Rossiya Xitoyning “CanSino Biologics” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha tadqiqotlarning uchinchi bosqichini ma’qulladi. 

“Clinical Trials Arena” veb-saytida yozilishicha, Ad5-NCov  vaksinasi sinovlari Rossiyaning "Petrovaks" biofarmatsevtika kompaniyasi bilan birgalikda Moskvada o‘tkaziladi. 

Rossiya bilan bir qatorda Ad5-NCov vaksinasi bo‘yicha tadqiqotlarning uchinchi bosqichi bu oy Pokiston, Saudiya Arabistoni, Braziliya va Chilida o‘tkaziladi. 

Immunogenlik va xavfsizlik bo‘yicha ushbu vaksinani klinik sinovlarining dastlabki ikki bosqichi Xitoyning o‘zida bo‘lib o‘tdi. 

Xitoyda hozirgi vaqtda koronavirus infeksiyasiga qarshi sakkizta vaksinani klinik sinovlari davom etmoqda. Ulardan to‘rttasi birinchi, qolganlari test sinovlarining ikkinchi va uchinchi bosqichlarida. 

Vaksinalar “CanSino”, “Sinopharm” va “Sinovac” tomonidan Xitoy harbiy tibbiyot akademiyasi, Uxan virusologiya instituti, Pekin biologik mahsulotlar instituti va boshqalar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy vaktsina

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing