Xitoy va KXDR rasmiylari so‘nggi yillardagi eng yuqori darajadagi uchrashuvni o‘tkazdi

Olam

image

KXDR yetakchisi Kim Chen In kecha, 14 aprel kuni Pxenyanda Butunxitoy xalq vakillari kengashi raisi, Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi Chjao Letszing bilan uchrashdi. 

Qayd etilishicha, bu so‘nggi yillarda ittifoqchilar o‘rtasidagi eng yuqori darajadagi muzokaralar hisoblanadi. Hukmron Kommunistik partiya iyerarxiyasida uchinchi va rasmiy parlamentga raislik qiluvchi Chjao Letszing tashrifi Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreya va uning ittifoqchisi bo‘lmish Qo‘shma Shtatlarni qo‘rqitish uchun raketalarni sinovdan o‘tkazayotgan paytda, “Koreya-Xitoy do‘stligi yili”ni nishonlash bahonasida tashkil etilgan.

Chjao juma kuni shimoliy koreyalik mavqedoshi Chxve Ryon Xe bilan uchrashib, barcha sohalarda almashinuv va hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qilganidan so‘ng, Kim Chen In qabulida bo‘lgan.

Chjao KXDR rahbariga uch kunlik tashrifi yakunidagi uchrashuvda Shimoliy Koreyaning eng muhim iqtisodiy va diplomatik yordam manbai bo‘lgan Xitoy bilan munosabatlarini yanada rivojlantirishni xohlayotganini aytgan.

“85 yil muqaddam diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan beri Xitoy va Shimoliy Koreya yaxshi qo‘shni bo‘lib, umumiy maqsadlar va rivojlanish darajasiga erishish yo‘lida birga ishlagan”, degan Xitoy rasmiysi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSH Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni to‘xtatishi kerakligini aytib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy KXDR uchrashuv Chjao Letszing

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing