Xitoy O‘zbekistonga yuk tashuvchi reysni yo‘lga qo‘ydi
Olam
−
17 iyul 2019
3479O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi yuk aviareysi yo‘lga qo‘yildi. Yangi yo‘nalish Xitoy shimoli-g‘arbidagi Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoni ma’muriy markazi Urumchi shahrini Toshkent bilan bog‘laydi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.
Xitoyning Guanjou va Iu shaharlarida ishlab chiqarilgan kiyim va elektron mahsulotlar yuklangan samolyot Urumchidan Toshkentga uchgan. Reys ortga qaytishda qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan to‘ldiriladi.
Ma’lum bo‘lishicha, reys zaruratga qarab haftasiga 5-7 marta amalga oshiriladi.
Avval poyezd yoki yuk mashinasida Xitoydan Markaziy Osiyoga yuk tashish uchun 12 kun kerak bo‘lardi. Yangi reys yo‘lga qo‘yilgach, bu vaqt 3 soatgacha qisqardi.