Abdulla Aripov Xitoyga bordi
Jamiyat
−
25 iyun
5793O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoyga bordi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun, 25 iyun Aripov Xitoyning Urumchi shahriga tashrifi doirasida Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 26-30 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida EKSPO “Xitoy-Yevrosiyo” sakkizinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. EKSPOda faxriy mehmon sifatida Qirg‘iziston Bosh vaziri, Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari, shuningdek, 40 dan ortiq xorijiy hukumatlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Toshkentda Bosh vazir Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi