Ozarbayjon–Eron chegarasida yuk tashish tiklandi
Olam
−
09 mart 1844 1 daqiqa
Ozarbayjon hukumati bugun, 9 mart soat 10:00 dan boshlab, Eron bilan davlat chegarasida yuk transporti uchun barcha yo‘llarni qayta ochganini e’lon qildi. Bu qaror ikki tomonlama yuk tashishlar hamda tranzit yuklarni o‘z ichiga oladi. Bu haqda APA xabar berdi.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, cheklovlar bekor qilingan va kirish-chiqish tartibi to‘la tiklangan. Qaror Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi tomonidan rasmiy tasdiqdan o‘tgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk tashish vaqtincha 5 mart kuni Naxchivon aeroportiga Eron hududidan uchirilgan dron hujumi ortidan to‘xtatilgan edi. Oqibatida chegarada ko‘plab yuk mashinalari, ayrim manbalarda esa minglab rus yuk mashinalari Eron tomonda to‘xtab qolgani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashgandi.
Live
Barchasi