Xitoy O‘zbekistonga 24 ta elektrovoz yetkazib beradi

Jamiyat

image

Xitoyning CNTIC-CRRC DLOCO konsorsiumi O‘zbekistonga elektrovozlar yetkazib beradi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” Matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llar” AJ va lokomotiv ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda CNTIC-CRRC DLOCO bilan O‘zbekistonga 24 ta (shu jumladan, 16 ta yuk va 8 ta yo‘lovchi hamda yuk tashishlarga mo‘ljallangan) elektrovozlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shartnomani imzolash marosimida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi Husniddin Hosilov, Xitoy delegatsiyasi rahbarlari – CNTIC boshqaruvi raisi Lin Chunxay va CRRC Dalian Co. Ltd. boshqaruvi raisi Lin’ Sunsen ishtirok etdi.

Yangi lokomotivlar Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag‘lari hisobidan sotib olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston temir yo'llari elektrovoz

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing