Ohangaronda poyezd relsdan chiqib ketdi (video)
Jamiyat
−
29 iyul 1365 1 daqiqa
Kecha, 28 iyul kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Ohangaron stansiyasida poyezd relsdan chiqib ketdi. Mazkur holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ izoh berdi.
Qayd etilishicha, voqea “AGMK Olmaliq” shoxobcha yo‘lida, “LUKOYL” shoxobcha yo‘liga tegishli strelkali o‘tkazgichdan o‘tish vaqtida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Ohangaron stansiyasida manyovr teplovozi va 4 ta sisterna vagon relsdan chiqqan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, atrof-muhitga zarar yetmagan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mazkur yo‘l kompaniya tasarrufiga kirmasligini ma’lum qilgan. Shunga qaramay, kompaniya mutaxassislarining tavsiyalari asosida shu kunning o‘zida vagonlar qayta izga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Kadiko‘y va Sabixa Go‘kchen xalqaro aeroporti o‘rtasida qatnovchi M4 metro yo‘nalishidagi poyezd Bostanji bekatida relsdan chiqib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi