Xitoy uyg‘ur xalqi madaniyatini yo‘q qilish maqsadida joy nomlarini o‘zgartirmoqda – Human Rights
Olam
−
20 iyun
68762009-2023 yillar oralig‘ida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur provinsiyasidagi uyg‘urlarning dini, tarixi va madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan yuzlab qishloqlar nomi yangicha nomlar bilan almashtirilgan. Bu haqda Human Rights Watch’ga tayanib BBC xabar berdi.
Human Rights Watch (Inson huquqlari tashkiloti) va Norvegiyadagi “Uyg‘urlarga yordam” tashkiloti tadqiqotchilari Xitoy Milliy statistika byurosi sayti orqali Shinjondagi qishloq nomlarini o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi yillarda Xitoy hukumati ozchilik uyg‘ur aholisini “Xitoy madaniyatiga singdirish maqsadida” Shinjondagi 25 000 qishloqdan 3600 tasining nomini o‘zgartirgan.
Joy nomlarining beshdan biri yoki 630 ta yo‘qotilgan nom – uyg‘ur dini, madaniyati yoki tarixiga oid bo‘lgan. Aksariyat “Sulton” va “ziyoratgoh” kabi so‘zlar joy nomlaridan yo‘qolib bormoqda, ularning o‘rniga “uyg‘unlik” va “baxt” kabi so‘zlar qo‘yilyapti.
“Uyg‘ur millati uchun alohida ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar, jumladan, diniy martaba uchun berilgan Xo‘ja, Sulton va bek kabi siyosiy yoki sharafli unvonlar Xitoy Kommunistik partiyasi mafkurasi, uyg‘unlik va baxtni aks ettiruvchi so‘zlar bilan almashtirilgan. Shinjonning janubi-g‘arbida joylashgan Akto tumanidagi Aq Meschit (“oq masjid”) 2018 yilda Birlik qishlog‘i deb o‘zgartirilgan”, deb yozadi Human Rights Watch.
Joy nomlari eng ko‘p 2017-2019 yillar oralig‘ida o‘zgartirilgan. Bu Shinjondagi uyg‘ur aholisiga qarshi jangovar harakatlar avj olgan paytga to‘g‘ri keladi. BBC nashrining yozishicha, mamlakatda uyg‘ur millatiga mansub insonlarning huquqlari muntazam ravishda poymol etilayotganini isbotlovchi dalillar ortib bormoqda. Pekin esa bu ayblovlarni rad etadi.
LiveBarchasi