Xitoy uni qul qilmoqchi bo‘lganlarning “boshini yoradi” — Si Szinpin

Olam

image_2021-07-01_13-57-54
0:00
0:00
download

Xitoy xalqi uni qul qilishga uringan har qanday tashqi kuchning “boshini yoradi”. Bu haqda bugun, 1 iyul kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin partiyaning 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda shunday dedi.

“Xitoy xalqi adolat tarafdori, u zo‘ravonlikdan qo‘rqmaydi, bizning millatimizda milliy g‘urur va ishonch hissi kuchli. Xitoy xalqi hech qachon boshqa millatlarni kamsitmagan, ezmagan yoki qulga aylantirmagan. Bunday holat o‘tmishda bo‘lmagan, hozir ham yo‘q va hech qachon bo‘lmaydi ham”, deydi u.

Si Szinpinning qo‘shimcha qilishicha, tashqi kuchlarning zulmi 1,4 milliardlik Xitoy xalqining qarshiligiga uchraydi.

“Shu bilan birga, Xitoy xalqi tashqi kuchlarning unga zulm qilishiga, uni qul qilishiga urinishlarini qabul qilmaydi. Kim bunday qilishga qaror qilsa, 1,4 milliard kishilik Xitoy xalqining joni va qonining temir devoriga duch keladi va boshini sindirib oladi”, deydi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Raisi bugungi marosimda “Kommunistik partiyaning rahbarligisiz yangi Xitoyni yaratish va uni hozirgi rivojlanish darajasiga yetgan mamlakatga aylantirish imkonsizligini” aytib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, XKP inqilobiy harakatning kuchayishi davrida marksizm-leninizm g‘oyalari asosida tashkil etilgan, uning birinchi qurultoyi 1921 yil 23 iyuldan 5 avgustgacha noqonuniy ravishda o‘tkazilgan. Ushbu asosiy yig‘ilishda 13 kishi, jumladan, bo‘lajak Xitoy rahbari Mao Szedun (1893-1976) ishtirok etdi. Shundan so‘ng delegatlar partiyaning rasmiy nomini aniqlagan va uning birinchi dasturini qabul qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

464

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing