Yangi Xitoyni Kommunistik partiyasiz qurib bo‘lmasdi — Si Szinpin
Olam
−
01 iyul 2021
3624Kommunistik partiyaning rahbarligisiz yangi Xitoyni yaratish va uni hozirgi rivojlanish darajasiga yetgan mamlakatga aylantirish imkonsiz edi. Bu haqda Xitoy Raisi Si Szinpin Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Xitoy poytaxtida bayramona bezatilgan Tyananmen markaziy maydonida ko‘p ming kishilik miting bo‘lib o‘tdi.
“Xitoy millati, Kommunistik partiya va Xitoy Xalq Respublikasining o‘tgan 70 yillik tarixi XKPsiz yangi Xitoy yaratish imkonsiz bo‘lganini to‘liq isbotladi”, deydi u.
Xitoy rahbari Kommunistik partiyaning tashkil topgan vaqtidan boshlab Xitoy inqilobi tarixining turli davrlarida partiyaning yetakchi rolini qayd etdi. Shuningdek, u XKP tomonidan liderlik qilish xitoycha xususiyatlarga ega bo‘lgan sotsializmning eng muhim xarakteristikasi, davlatning qoni ekanini ta’kidladi.
Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, XKPning 100 yilligiga qadar mamlakatda o‘rtacha farovon jamiyat qurish vazifasi yakunlangan va qashshoqlik ustidan g‘alab qozonilgan.
Ma’lumot uchun, Xitoy Kommunistik partiyasi 1921 yilda tashkil etilgan. XKPning birinchi qurultoyi 1921 yil iyunning oxiri — iyul oyining boshlarida Shanxayda noqonuniy ravishda bo‘lib o‘tdi. Xitoy chap ziyolilarining vakillarini o‘z ichiga olgan doiradagi partiya 100 yillik hayoti davomida dunyodagi eng yirik siyosiy partiyaga aylandi.
Partiya Markaziy qo‘mitasi tashkiliy bo‘limining ma’lum qilishicha, hozirda partiyaning 95 milliondan ziyod a’zosi bor. XKP marksizmning asosiy tamoyillariga partiyaning yetakchi mafkurasi va nazariy asosi sifatida amal qiladi, ularni Xitoyning o‘ziga xos haqiqatlari bilan birlashtiradi.
LiveBarchasi