Xitoy Ukrainani Rossiya bosib olgan hududlarni tan olishga chaqirdi

Olam

image

Xitoy vakili Li Xuey Yevropaga tashrifi chog‘ida Ukrainani o‘t ochishni to‘xtatish va bosib olingan hududlarni Rossiya tarkibida qoldirishga chaqirdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Li Xuey AQSHning Yevropadagi ittifoqchilariga o‘z avtonomiyalari haqida qayg‘urishlari kerakligini aniq aytgan. U Yevropaga tashrifi chog‘ida Ukrainani o‘t ochishni darhol to‘xtatish va o‘tgan yili “referendum”lar orqali Rossiyaning bir qismi sifatida legitimlashtirib olingan hududlarni uning tarkibida qolishiga rozi bo‘lishga chaqirgan.

Li Xuey Xitoy tomonidan mamlakatning Ukraina urushi bo‘yicha tinchlik rejasini ilgari surish uchun Yevropaga yuborilgan.

Yevropa vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Yevropaga o‘zini AQSHning iqtisodiy muqobili sifatida taklif qilgan hamda Ukraina urushini tugatish uchun zudlik bilan harakat qilish kerakligini ta’kidlagan. O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi vakillari Ukraiana mojarosining muzlashidan manfaatdor emasligini aytib, uning taklifini rad qilgan. Shuningdek, Xitoy vakiliga AQSH bilan Yevropani ajratib bo‘lmasligi va Yevropa Ukrainani qo‘llashdan voz kechmasligi aytilgan.

Shundan so‘ng Li Xuey Moskvaga bordi va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralarni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing