Xitoy Ukrainadagi vaziyatda Kiyevning pozitsiyasini bevosita qo‘llab-quvvatlamaydi – Zelenskiy
Olam
−
30 may 2023
5956Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoy Ukrainadagi vaziyatda Kiyevning pozitsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlamasligini, shuning uchun Kiyev o‘zining “tinchlik tashabbuslari”ga ustuvor ahamiyat berishini bildirdi. Bu haqda u bugun, 30 may kuni Janubiy Koreyaning “Chosun Ilbo” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Pekin Ukrainadagi voqealarda muvaffaqiyatli vositachi bo‘la oladimi”, degan savolga javob berar ekan Zelenskiy:
“Xitoy Ukraina pozitsiyasini bevosita qo‘llab-quvvatlamasligi haqiqat. Xitoy tomonidan ilgari surilgan tinchlik tashabbusiga kelsak, biz boshqa mamlakatlarning sa’y-harakatlari uchun minnatdormiz, ammo tinchlik uchun o‘z formulamiz, o‘z tashabbusimiz biz uchun asosiysi bo‘lib qolayotganini ta’kidladik”, degan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Rossiya qo‘shinlarini Ukrainaning barcha hududidan olib chiqib ketishga chaqirsagina Xitoyning ishtiroki Kiyev uchun foydali bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Xitoy rahbari Si Szinpin Ukrainada urush boshlanganidan beri Zelenskiy bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazgandi. May oyida esa Xitoyning Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuy Ukraina, Polsha, Fransiya, Germaniya va Rossiyaga borib, u yerdagi rasmiylar bilan uchrashdi.
LiveBarchasi