Xitoy tuproq yig‘ish uchun kosmik kemasini Oyga qo‘ndirdi (video)
Bu qiziq
−
02 iyun
5721Xitoyning “Chan’e-6” zondining qo‘nish va uchish moduli tuproq yig‘ish missiyasi doirasida Oyning narigi tomoniga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda Xitoy milliy kosmik boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Koinot kemasi may oyi boshida Xitoy janubidagi Xaynan orolidagi Venchan sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan uchirilgan. Bugun, 2 iyun kuni erta tongda u Oyning narigi tomonida belgilangan Janubiy qutb-Eytken hududiga qo‘ndi.
“Chan’e-6” qo‘nganidan so‘ng ikki kun ichida Oyning narigi tomonidan tuproq namunalarini olishi kerak. “Sinxua” agentligining yozishicha, qurilma namunalarni olish uchun burg‘ulash va robot qo‘l bilan jihozlangan.
Agar “Chan’e-6” missiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Xitoy Oyning uzoq tomonidan namunalar to‘plagan va Yerga olib kelgan birinchi davlatga aylanadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr