Xitoy “Tolibon” rejimi ostidagi Afg‘onistonga elchi tayinladi – “Reuters”
Olam
−
14 sentabr 2023 3942 1 daqiqa
Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat – “Tolibon”ga yangi elchi tayinladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qobuldagi rasmiy marosimda Xitoy elchisi Chjao Sin mamlakatdagi muvaqqat hukumat – “Tolibon” Bosh vaziri Muhammad Hasan Oxundga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Ammo agentlikning qayd etishicha, elchining tayinlanishi Xitoy tomonidan “Tolibon” hukumatini rasman tan olish yo‘lidagi qadammi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.
“Bu Xitoyning Afg‘onistondagi elchisining odatiy rotatsiyasi bo‘lib, Xitoy va Afg‘oniston o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Xitoyning Afg‘onistonga nisbatan siyosati aniq va izchil”, deyiladi Xitoy TIV bayonotida.
“Reuters” agentligining ma’lum qilishicha, Chjao Sin 2021 yil avgustda “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga kiritganidan buyon ushbu lavozimni egallab turgan xorijiy davlatlarning birinchi elchisi bo‘ldi.
Oxirgi ikki yil ichida “Tolibon” hukumati dunyoning hech bir davlati tomonidan rasman tan olinmagan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr