Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi

Olam

image

Bugun, 25 sentyabr kuni Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi raketa kuchlari Tinch okeanining ochiq suviga qit’alararo ballistik raketa uchirdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 70 yilligiga bag‘ishlab, Tyananmen maydonida harbiy parad o‘tkazilgan. Unda  DF-41 ballistik raketalari qit’alararo uchirilgan. Bunday namoyishlardan asosiy maqsad AQSH raketa kuchlariga qarshi mudofaani yaxshilash hamda yadroviy kuchlarni modernizatsiya qilishdir.

Bildirilishicha, raketa rejalashtirilgan akvatoriyaga yetib borgan. Uchirish raketa kuchlarining yillik harbiy mashqlari doirasida amalga oshirilgan.

“Qurollarning samaradorligi va qo‘shinlarning tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘lgan sinovdan ko‘zlangan maqsad amalga oshirildi”, deyiladi Xitoy Mudofaa vazirligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Yapon dengiziga bir nechta ballistik raketa uchirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made