Xitoy tarixidagi eng minimal harorat qayd etildi
Olam
−
24 yanvar
19964Xitoy kuzatuvlari tarixida ilk bor eng minimal – 53 daraja sovuq havo harorati qayd etildi. Bu haqda “Mir24” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu harorat Xitoy Xalq Respublikasining eng shimoliy shahri bo‘lgan Moxeda ro‘yxatga olingan. Bu bilan Xitoy minimal havo harorati bo‘yicha o‘z rekordini yangilagan. Oldingi rekord esa bu yerda 52,3 darajadan past bo‘lgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yerda 50 daraja sovuq harorat ketma-ket uch kundan beri saqlanib turibdi.
Ozoda Choriyeva