Xitoy savdo urushida AQSHdan qo‘rqmaydi – Pekin
Olam
−
10 aprel 5841 1 daqiqa
Xitoy AQSH ma’muriyati tomonidan bojlarni oshirish orqali boshlangan savdo urushidan qo‘rqmaydi. Bu haqda bugun, 10 aprel kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Szyan jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
TIV vakili agar Vashington Pekinga qarshi urush olib bormoqchi bo‘lsa, Xitoy oxirigacha kurashishini aytdi.
“Xitoy urushni xohlamaydi, lekin urushdan qo‘rqmaydi ham”, degan u o‘z nutqi davomida.
Uning aytishicha, Xitoy hukumati Oq uy Xitoy xalqining iqtisodiy huquq va manfaatlarini poymol qilganda qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi. Amaldorning qo‘shimcha qilishicha, AQSH o‘z harakatlari bilan o‘z manfaatlarini xalqaro hamjamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yayotganini ko‘rsatmoqda.
“Qo‘shma Shtatlar har qanday vaziyatga qarshi harakat qilib, xalqning ishonchini yo‘qotadi va muvaffaqiyatsizlikka uchraydi”, degan Xitoy TIV voizi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Xitoyga nisbatan boj stavkasini 125 foizgacha ko‘targandi.
Live
Barchasi