Xitoy Rossiyaning G20 dan quvilishini istamaydi

Olam

image

Xitoy Rossiyaning G20 va boshqa xalqaro forumlardan chiqarilishiga qarshi chiqqan. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I rossiyalik mavqedoshi Sergey Lovrov bilan ikki tomonlama uchrashuvda aytib o‘tgan. 

“Siz G20 sammitida shaxsan ishtirok etayotganingizdan, Rossiya nomidan ishtirok etayotganingizdan juda xursandmiz. Bu juda ulug‘vor missiya. Biz Rossiyaning G20 va boshqa xalqaro platformalar doirasidagi munosib rolini qo‘llab-quvvatlaymiz va Rossiyaning ratsionalligini tortib olishga hech kimning haqqi yo‘q, deb hisoblaymiz. Rossiya ko‘p tomonlama formatlar doirasida ishtirok etish huquqiga ega”, degan diplomat. 

Sergey Lovrov Si Szinpinni Komunistik partiya rahbarligiga qayta saylangani bilan tabriklagan. U Xitoy etakchisining Rossiyaga nisbatan yondashuvi davomiyligiga ichonch bildirgan. 

Avvalroq, Indoneziyaning Bali orolida katta yigirmatalikning navbatdagi sammitida Rossiyaning Ukrainaga urushini qoralagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Sergey Lovrov

Baholaganlar

226

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing