Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib bergani aniqlandi – “Politico”

Olam

image

Xitoy firmalari, jumladan, hukumatga aloqador bo‘lgan kompaniyalar Rossiya sub’ektlariga 1000 ta avtomat va harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa jihozlar, xususan, dron qismlari va tana zirhlarini yuborgan. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Xitoyning eng yirik davlat mudofaa pudratchilaridan biri bo‘lgan China North Industries Group Corporation Limited Rossiya hukumati va armiyasi bilan hamkorlik qiladigan “Texkrim” nomli kompaniyaga 2022 yil iyun oyida miltiq yuborgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil oxirida Rossiya sub’ektlariga Xitoy kompaniyalari tomonidan 12 ta uchuvchisiz samolyot qismlari va Turkiya orqali olib o‘tilgan 12 tonnadan ortiq xitoy zirhlari kelib tushgan. Garchi bojxona ma’lumotlari Pekin o‘zining urush harakatlariga yordam berish uchun Moskvaga katta miqdordagi qurol-yarog‘ sotayotganini ko‘rsatmasada, Xitoy Rossiya kompaniyalarini ilgari xabar qilinmagan “ikki maqsadli” uskunalar – Ukrainadagi jang maydonida ishlatilishi mumkin bo‘lgan tijorat buyumlari bilan ta’minlanayotganini isbotlagan.

Bu yuklarning tasdig‘i AQSH va Yevropa yetakchilari Pekinni Rossiyaning Ukrainadagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan ogohlantirgan paytga to‘g‘ri keladi. G‘arb rasmiylari so‘nggi haftalarda Xitoy Rossiya armiyasiga qurol-yarog‘ yuborishni ko‘rib chiqayotganini, bu Ukrainadagi janglar xarakterini o‘zgartirishi va uni Rossiya foydasiga hal qilishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, rasmiylar ikki tomonlama maqsadli materiallarning bir qismi Rossiya tomonidan Ukrainaga yuborilayotgan armaturani jihozlash uchun ham ishlatilishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Bundan tashqari, Da-Jiang Innovations Science & Technology Co. kompanyasi 2022 yilning noyabr va dekabr oylarida Birlashgan Arab Amirliklari orqali Rossiyaning kichik distribyutoriga dronlar uchun ehtiyot qismlari – akkumulyatorlar va kameralar yuborgan. Dronlar uchun jami 12 partiya ehtiyot qismlari yetkazib berilgan. 2022 yil oxirida Turkiya orqali Rossiyaga Xitoyning qiymati qariyb 10 million dollarlik 800 tonnadan ortiq o‘q o‘tkazmaydigan jiletlari olib kirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy rahbari Si Szinpin joriy yilning 20-22 mart kunlari Rossiyaga borib, Putin bilan global va mintaqaviy masalalarni muxokama qilmoqchi ekani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Xitoy-Rossiya Rossiya bosqini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing