Xitoy raisi O‘zbekistonga yuzida niqob bilan keldi

Olam

image

Bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakchisini Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Si Szinpin samolyot bortidan yuzida niqob bilan chiqib keldi va Prezident Mirziyoyev bilan uchrashuv vaqtida ham niqobini yechmadi. 

Xitoy rahbari Samarqandda katta hurmat va iltifot bilan kutib olindi. Uning sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

Ahamiyatlisi shundaki, faxriy qorovuldan tortib xonandayu sozandalar ham yuziga niqob taqdi. 

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 15 sentyabr kuniga mo‘ljallangan. Shu kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Avval xabar qilinganidek, Xitoy raisi 16 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT Si Tszin'pin

Baholaganlar

489

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing