Xitoy navbatdagi sun’iy yo‘ldoshini kosmosga uchirdi

Olam

image

Bugun, 3 sentyabr kuni Xitoy kosmosga masofadan zondlash yo‘ldoshlarining yangi guruhini joylashtirish uchun Long March 4B tashuvchi raketasini uchirdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Yao-43 02 guruhi sun’iy yo‘ldoshlari janubi-g‘arbiy Sichuan provinsiyasidagi Sichan sun’iy yo‘ldosh uchirish markazidan mahalliy vaqt bilan soat 9:22 da uchirilgan va oldindan belgilangan orbitaga kirib borgan. Bu Long March seriyali raketalarining 533-parvoz missiyasi bo‘ldi.

Qayd etilishicha, ular ilmiy tajribalar, yer resurslarini o‘rganish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini baholash, tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini yumshatish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ular sun’iy yo‘ldoshlarning past orbitali yulduz turkumlarini yaratishda yangi texnologiyalarni sinab ko‘rish uchun ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoylik olimlar Yerni asteroidlardan himoya qilish uchun imkon qadar tezroq yadroviy qurol va og‘ir raketalarni yaratishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing