Xitoy mudofaa byudjetini deyarli 179 milliard dollarga yetkazishini ma’lum qildi
Olam
−
22 may 2020 5376 1 daqiqa
Xitoy 2020 yilda mudofaa byudjetini 6,6 foizga oshirib, 178,8 milliard dollargacha yetkazadi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi hisobotida ma’lum qilindi.
Xitoy hukumati Xitoy xalq ozodlik armiyasi (XXOA) islohotlarini chuqurlashtirish va qurollanish dasturini tezlashtirish niyatida. "Milliy mudofaa va qurolli kuchlar sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, armiyani qo‘llab-quvvatlash va qayta qurollantirish imkoniyatlarini kuchaytirish, mudofaa fani va texnologiyasining innovatsion rivojlanishiga ko‘maklashish kerak", deyiladi hujjatda.
"XXOAning mutlaq yetakchiligini qat’iyan saqlab turish, Markaziy harbiy kengash raisining javobgarlik institutiga qat’iy rioya qilish talab qilinadi. Xitoyning davlat suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanish manfaatlarini qat’iyat bilan himoya qilish zarur", deyiladi hisobotda.
Avvalroq, Xitoy maxfiy harbiy xarajatlar qilayotgani sabab tanqid qilingani haqida xabar bergan edik. XXR tomonining ma’lum qilishicha, mamlakat BMTga har yili bu borada hisobot beradi va hech qanday maxfiy xarajatlarga yo‘q qo‘yilmaganini ma’lum qildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025