Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga 3,72 mlrd dollarlik yordam ajratadi 

Olam

image

Pekin Markaziy Osiyo davlatlariga grant asosida 26 milliard yuan (taxminan 3,72 milliard dollar) miqdorida moliyaviy yordam beradi. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitidagi asosiy nutqida aytib o‘tdi.

“Taraqqiyot salohiyatini mustahkamlash uchun Xitoy fan va texnologiya orqali qashshoqlikni kamaytirish sohasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik rejalarini ishlab chiqadi. Xitoy tomonidan moliyalashtiriladigan korxonalar ko‘proq mahalliy bo‘sh ish o‘rinlari yaratish uchun rag‘batlantiriladi. Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga 26 milliard yuan (taxminan 3,72 milliard dollar) moliyaviy yordam va grantlar ajratadi”, degan XXR Raisi.

Shuningdek, Si Szinpin Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda yordam berishga tayyorligini bildirgan.

“Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga xavfsizlik va mudofaa sohasidagi huquqni muhofaza qilish salohiyatini mustahkamlashda yordam berishga, mintaqaviy xavfsizlikni saqlash va terrorizmga qarshi kurashda mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, deydi Xitoy yetakchisi.

Bundan tashqari, u Xitoy Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarni muvofiqlashtirish mexanizmida rol o‘ynashda davom etishini va Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan tiklashga yordam berishini ta’kidlagan.

Si Szinpin Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan modernizatsiya konsepsiyalari va amaliyotlarini almashishni faollashtirishga, rivojlanish strategiyalarini uyg‘unlashtirishga va oltita davlatni modernizatsiya qilishga ko‘maklashish bo‘yicha birgalikda sa’y-harakatlar qilishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-19 may kunlari Xitoyning Sian shahrida Si Szinpin raisligida “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qozog‘iston Prezidentlari Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Si Tszin'pin Markaziy Osiyo Sian'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing