Xitoy Kurskdagi vaziyatni kuzatayotganini aytdi
Olam
−
12 avgust
7368Xitoy Rossiyaning Kursk viloyatidagi vaziyatga e’tibor qaratdi va mojaroni yumshatishga chaqirdi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Xitoy Xalq Respublikasining Ukraina masalasi bo‘yicha pozitsiyasi izchil va aniq. Mojaroga yo‘l qo‘ymaslik va olovni qo‘zg‘atmaslik kerak”, deyiladi bayonotda.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, Pekin bu borada xalqaro hamjamiyat bilan aloqa qilishda va inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal etishda konstruktiv rol o‘ynashda davom etadi.
Ma’lumot uchun, Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga ommaviy hujumi 6 avgust kuni boshlandi. Mintaqada bir necha bor raketa xavfi e’lon qilindi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Ukraina qo‘shinlarining hujumlari tufayli 8 mingdan ortiq odam chegara hududlaridan evakuatsiya qilingan, 6 mingdan ortiq kishi vaqtinchalik joylashtirish markazlarida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Pekinga borganida Xitoy Kiyevga insonparvarlik yordami yuborishda davom etishini bildirgandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi