Xitoy koronavirus vaksinasini ishlab chiqara boshladi
Olam
−
26 yanvar 2020
12033Xitoy koronavirus vaksinasini ishlab chiqishni boshladi. Bu haqda China Daily nashri Xitoyning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, doriga shtamm olinmoqda. Kasalliklarni nazorat qilish markazi rahbari Xu Venbo 2019-nCoV koronavirus vaksinasining yangi turini ishlab chiqish haqida izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar pnevmoniyaga qarshi samarali kurashadigan dorivor moddalarni tanladi.
Yanvar oyi boshida Rossiyada Xitoy virusiga qarshi vaksinani yaratish muddati e’lon qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligining Strategik rejalashtirish markazi direktorining o‘rinbosari German Shipulin vaksinani yaratish uchun kamida olti oyni tashkil etishi va preparatning o‘zi esa uch oyni tashkil qilishi mumkinligini aytdi.
LiveBarchasi