Xitoy kompaniyalari odamsimon robotlarni sotishda dunyoda yetakchi bo‘ldi

Olam

image

2025 yilda butun dunyo bo‘yicha yetkazib berilgan qariyb 13 ming dona odamga o‘xshash (gumanoid) robotlarning mutlaq ko‘pchiligi Xitoy ishlab chiqaruvchilari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda “Omdia” xabar berdi.

Xitoyning Shanghai AgiBot Innovation Technology Co.  startapi o‘tgan yili 5 168 ta robot yetkazib bergan va gumanoid robotlar ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchi o‘rinni egallagan. Undan keyingi o‘rinlarda Unitree Robotics va UBTech Robotics Corp. joylashgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sohadagi global savdo hajmi 2024 yilga nisbatan besh baravardan ko‘proqqa oshgan.

Odamga o‘xshash robotlar bozori hali endigina shakllanayotgan bo‘lsa-da, yaqin o‘n yilliklarda uning jadal rivojlanishi kutilmoqda. Hozirgi bosqichda Xitoyning yetakchilik qilayotgani mamlakat uchun muhim ustunlik berishi mumkin. Tadqiqotiga ko‘ra, 2050 yilga borib dunyodagi robotlar soni 648 million donaga yetadi.

Kompaniya hisobotiga ko‘ra, robotlarga murakkab vazifalarni bajarish imkonini beruvchi sun’iy intellekt texnologiyalarining integratsiyasi ularning ishlab chiqarish, logistika, sog‘liqni saqlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish kabi turli sohalarda qo‘llanilishini keskin oshirgan. Robototexnika bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ilg‘or sun’iy intellekt modellariga faol sarmoya kiritmoqda.

Xitoyda ishlab chiqarilgan gumanoid robotlar G‘arb modellariga qaraganda ancha arzon. Masalan, Unitree kompaniyasi boshlang‘ich darajadagi modelini 6 ming dollarga taklif qilmoqda, AgiBo’’ning kichiklashtirilgan versiyasi esa 14 ming dollar turadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning yetakchi robot ishlab chiqaruvchilaridan biri – UBTech Robotics Corp.  kompaniyasi Xitoy va Vetnam o‘rtasidagi chegara punktlariga o‘z robotlarini joylashtirishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy odamsimon robot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing