Xitoy elchisi AQSH bilan urush chiqishidan ogohlantirdi

Olam

image

Vashingtonning Tayvan ma’muriyatini mustaqillikka erishish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashi Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi qurolli mojaro xavfini orttiradi. Bu haqda Xitoyning AQSHdagi elchisi Sin Gan NPR radiostansiyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“AQSH tomonidan ruhlantirilgan Tayvan hukumati mustaqillik yo‘lida davom etsa, bu Xitoy va AQSHni qurolli to‘qnashuvga tortishi mumkin”, - dedi Xitoy elchisi.

Avvalroq, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashining Tayvan ishlari bo‘yicha boshqarmasi matbuot kotibi Chju Fenlyan orol ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Uilyam Lay (Lay Sinde) Gondurasda AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris bilan uchrashganiga izoh berar ekan, Xitoy Qo‘shma Shtatlarni Tayvan masalasida olov bilan o‘ynashni to‘xtatishga chaqirgandi.

XXR markaziy hukumati va uning Tayvan o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949-yilda, Xitoy Kommunistik partiyasi bilan fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragan Chang Kayshi boshchiligidagi Gomindan qo‘shinlari Tayvanga ko‘chib o‘tgandan so‘ng uzilgan. Orol va materik Xitoy o‘rtasidagi biznes va norasmiy aloqalar 1980-yillarning oxirida qayta tiklandi. 1990-yillarning boshidan boshlab tomonlar nodavlat tashkilotlar - Tayvan bo‘g‘ozi orqali aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha Pekin assotsiatsiyasi va Bo‘g‘ozlar bo‘ylab almashinuv bo‘yicha Taypey jamg‘armasi orqali aloqa o‘rnatishni boshladilar.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

557

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing