Xitoy dorisi O‘zbekistonda rasmiy hujjatga kiritildi. Uni ilk bor Diyora Usmonova tavsiya qilgandi

Jamiyat

image

Xitoyda ishlab chiqarilgan Lyanxua Sinven dorisi O‘zbekistonda koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan preparatlar qatoriga kiritildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishda foydalaniladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi.

Qaror bilan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga ham tegishli o‘zgartirishishlar kiritildi.

Yangilangan ro‘yxatda yuqorida aytganimizdek, Lyanxua Sinven dorisi ham bor.

Shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati kengaytirilib, 5 turdagi tibbiyot buyumlari qo‘shilgan. 


Avvalroq, QALAMPIR.UZ Zangiotadagi shifoxonada koronavirusga chalingan bemorlar qo‘llanmaga zid ravishda xitoy preparati bilan davolanayotgani haqida xabar bergandi.

Bunga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromovning quyidagi gaplari asos bo‘lgan:

“Xayriya sifatida Xitoy davlatidan yuborilgan ushbu dori vositasi tegishli me’yorlar asosida o‘rganib chiqilgan va uning tarkibidagi o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faol moddalar yuzasidan xulosa olingan. Ayni kunlarda Zangiota tumanidagi shifoxonada ushbu doridan koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda foydalanib kelinmoqda”.

Eng qizig‘i, Koronavirusga qarshi kurash shtabining boshqa bir a’zosi Habibullo Oqilovga ushbu dori haqida aynan yuqoridagi savol bilan murojaat qilganimizda, bu preparat haqida birinchi marta eshitayotganini ma’lum qilgandi.

Hukumat oxir-oqibat katta professorning xabari yo‘q doridan koronavirus bemorlarini davolashda foydalanishni rasmiylashtiribdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu dorini ilk bor o‘zbekistonlik taniqli xonim Diyora Usmonova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali tavsiya qilib, o‘zi va yaqinlari mazkur preparatdan koronavirusni davolashda foydalanayotgani haqida aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

231

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing